14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Harbiy
14 Avgust  2019 783

O‘zbekistonlik minomyotchilar xalqaro tanlovni bronza medali bilan yakunladi

Qozog‘istonning “Otar” bazasi poligonida minomyotchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Artilleriya olovi ustalari” xalqaro tanlovining yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Eng yaxshi natijani esa mezbon — Qozog‘iston jamoasi ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Rossiyaga nasib etdi.

O‘zbekistonlik minomyotchilar 1- va 2-bosqichlardagi natijalariga ko‘ra, Ozarbayjon va Belarus jamoalari bilan bir qatorda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

So‘nggi “Estafeta” bosqichida esa Qozog‘iston va Rossiya jamoalari birinchi va ikkinchi o‘rinda bo‘lib oldi. O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar esa kuchli uchlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, kecha, 13-avgust kuni Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida O‘zbekiston jamoasi “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi divizionidagi yarim final bahslarida ajoyib natija ko‘rsatib, finalga yo‘l oldi. O‘zbekistonlik tankchilar 24 ta imkoniyatdan 10 ta nishonni yakson qildi.

Joriy yilda ilk bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik tankchilar ikkinchi divizionning 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final bahslarida birinchilik uchun kurashadi. Birinchi divizion g‘oliblari esa 17-avgust “ArMI—2019” xalqaro armiya o‘yinlarining yopilish kunida aniqlanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech