19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,5 °C

Mamlakatimizda
11 Aprel  2019 1230

O‘zbekistonda yana bitta xorijiy universitet ochildi

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy ma'lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish maqsadida yurtimizda Sharda universiteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Universitetda o‘quv jarayonlari Sharda universiteti (Hindiston) o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston Davlat ta'lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi.

O‘quv jarayoni  2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitetda quyidagi va talab yuqori bo‘lgan ta'limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar xalqaro standartlar darajasida tayyorlanadi:

– elektr muhandisligi;

– axborot texnologiyalari va kiber xavfsizlik;

– kompyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish;

– elektronika;

– kommunikatsiya muhandisligi;

– biznes-menejment.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Sharda universiteti Andijon viloyatida joylashadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech