09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Xalqaro munosabatlar
14 Iyun  2019 1633

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Dushanbe shahri hokimi Rustam Emomali kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahridagi Millat saroyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari jadal rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Uygʻun siyosiy iroda va birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli strategik sheriklik tamoyillari amalda roʻyobga chiqarilayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qoʻshma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ilgari surilmoqda. Hududlar darajasida faol muloqot yoʻlga qoʻyilgan.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga OHICHK sammiti doirasidagi tadbirlarni samarali oʻtkazishda muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech