20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Sport
18 Sentyabr  2019 683

O‘zbekiston Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit'a chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Kuala Lumpurda o‘tkazilgan OFK Musobaqalar qo‘mitasining ilk yig‘ilishida U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O‘zbekiston nomzodi ma'qullandi. Shu tariqa, mamlakatimiz o‘z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qit'a chempionatiga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Qayd etish joiz, U-19 Osiyo chempionati-2020 bahslari taqvimga ko‘ra, kelasi yilning 14-31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech