18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Harbiy
11 Oktyabr  2019 512

O‘zbekiston mudofaa vaziriga matbuot kotib tayinlandi

Podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

 

Bahrom Zulfiqorov 1980 yilda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan, 2008 yilda esa O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan.

Bunga qadar Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, mudofaa vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Mudofaa vazirliga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i sanaladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech