22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,8 °C

Harbiy
7 Mart  2019 2120

O‘zbekiston harbiylari ayollarni o‘ziga xos bayramona aksiyalar bilan qutlashmoqda

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoalari poytaxtimizdagi bir necha savdo markazlarida bo‘lib, bu yerdagi ayol-qizlarni o‘zgacha uslubda tabriklashda davom etmoqda.

 

“Ekobozor” savdo majmuasi hovlisida yangragan sho‘x kuy va qo‘shiqlar kundalik yumushlari bilan ovvora bo‘lib yurgan xaridorlarni bir joyga jamlab, ularga bayram kayfiyatini ulashdi. Bayram munosabati bilan bildirilgan qutlovlar, harbiy sozandalar tomonidan ijro etilgan jahon va o‘zbek klassik musiqalari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Bayram sababchisi bo‘lgan opa-singillarga Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari tomonidan gullar tuhfa etildi.

Xuddi shunday bayromona aksiya poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan “Compass” savdo majmuasida, shuningdek, Markaziy harbiy okrug harbiy orkestri jamoasi tomonidan Samarqand shahridagi Registon maydoni hamda “Atlas” ko‘ngilochar savdo majmuasida konsert dasturlari bilan namoyish etildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech