27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,5 °C

Harbiy
15 May  2019 566

O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida shu yilning 25-26-may kunlari “Hech bir ijobiy g‘oya e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida  “TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadigan ushbu festivalda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etadi.

Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan innovatsion loyihalar qabul qilinadi.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech