16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,4 °C

Energetika
2 Fevral  2019 1796

O‘zbekenergo: «Biz qish mavsumida Tojikistonga elektr energiyasi yetkazayotganimiz yo‘q»

«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati OAVlarining qishki mavsumda Tojikiston bilan elektr oldi-sotdisi to‘g‘risidagi xabarlarini rad etdi. Bu haqda kompaniya malum qildi.

Avvalroq Konibodom shahri, Spitamen tumani va So‘g‘d viloyatining chegaradosh aholi punktlari O‘zbekistondan sutkasiga 3 million kilovatt-soat elektr energiyasi olayotganligi haqida xabar berilgan edi.

«O‘zbekenergo» 2018-yilda O‘zbekiston va Tojikiston qish mavsumi uchun elektr oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolamaganligini ta’kidladi.

– Qishda elektr energiyasi yetkazish bo‘yicha Tojikiston bilan shartnoma tuzilmagan, – deya aniqlik kiritdi «O‘zbekenergo» AJ. – O‘tgan yozda apreldan oktyabrga qadar Tojikiston energiya tizimidan Surxondaryo viloyatiga 1,5 milliard kVt/s atrofida elektr olganmiz. O‘zbekiston, o‘z navbatida, So‘g‘d viloyatiga elektr energiyasini yetkazgan. Shundan so‘ng shartnoma bo‘yicha o‘rtadagi farq to‘langan. Qishda elektr uzatish liniyalari o‘chiriladi, chunki hozirgi paytda Tojikiston energiya tizimlarini Markaziy Osiyo energiya tizimlari bilan sinxronlashtirish loyihasi amalga oshirilmagan.

 

O‘z muxbirimiz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech