22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Salomatlik
22 Fevral  2019 1636

O‘zbek shifokorlari Germaniyada murakkab amaliyotlarda faol ishtirok etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “O‘zbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish” loyihasi doirasida Germaniyada bo‘lib turishibdi.

 

Delegatsiya a’zolari Germaniyaning Gamburg shahridagi Albertiniy klinikasi shifokorlari bilan hamkorlikda xirurgiya, urologiya, ginekologiya va onkologiya yo‘nalishlarida robotlashtirilgan texnologiyalar yordamidagi murakkab amaliyotlarda faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari, mahorat darslarida qatnashib, robotlashtirilgan texnologiyalarda ishlash ko‘nikmalarini ham hosil qilishmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shuningdek, tibbiyot sohasida zamonaviy uskuna va texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi “Philips”, “Dräger”, “Heinemann”, “Weinmann”, “Fresenius”, “Siemens” kabi kompaniyalarda bo‘lib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari, mamlakatimizda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ochish va faoliyatini kengaytirish borasida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Chunonchi, “Dräger” kompaniyasi bemorlarni sun'iy nafas oldirish apparatlari hamda bemor holatini monitoring qilish moslamalari bilan dunyoga mashhur. Ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy uskunalar mamlaktimizning olis hududlaridagi qishloq vrachlik punktlarida ham mavjud. Shu bois ushbu kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazib, yurtimizda o‘quv xonalarini ochish va kengaytirish, mutaxassislarimizning zamonaviy texnologiyalarda ishlash hamda servis xizmatlarini ko‘rsatish ko‘nikmalarini oshirish borasida kelishuvlarga erishilmoqda. Muhimi, o‘z malakasini oshirgan mutaxassislarimiz yurtimizning olis hududlaridagi shifokorlarning ham malakasini oshirish yuzasidan treninglar o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech