21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Sport
1 Iyul  2019 450

O‘zbek bokschisi WBC kamarini qo‘lga kiritdi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Anvar Turopov WBC Osiyo chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Tailandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Turopov filippinlik Roberto Gonsalesga (28-6, 17 KO)qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning 4-raundi 1:03 soniyasi ortda qolganida Turopov raqibini yerga qulatdi va hakam sof nokautni qayd etdi.

Ushbu natijasi orqali Anvar Turopov WBC yo‘nalishining Osiyo mintaqaviy (Asian Boxing Council) chempionlik kamariga ega chiqdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech