23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Xavfsizlik
17 Iyun  2019 603

O‘z farzandini 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi va Qarshi shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 10 kunlik farzandini sotayotgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli A.N. ismli ayol tanishi 28 yoshli F.M. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zi dunyoga keltirgan chaqaloq o‘g‘lini “Qarshi” temir yo‘l vokzali oldida joylashgan avtobuslar to‘xtash joyida 1 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech