22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Mamlakatimizda
25 Sentyabr  2019 924

OTM rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi takomillashadi

Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-oktabridan oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi amaliyotga joriy etiladi.

Ushbu xodimlarning malakasini oshirish markazlarida Ta'lim texnologiyalari kafedrasi tashkil etiladi.

Qaror bilan, oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, uzluksiz malaka oshirish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;

- muqobil malaka oshirish;

- ta'lim dasturlari asosida mazkur kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida bevosita o‘qish.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech