22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
25 Iyul  2019 415

Talabalar shaharchasida OTM o‘qituvchilari uchun ko‘p qavatli uylar quriladi

Hukumatning tegishli hujjati bilan Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida Oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchi, murabbiy va ilmiy xodimlariga 2019–2020-yillarda 6 ta 9 qavatli arzon uylar qurilishi belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:

- kredit muddati 20 yil, boshlang‘ich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1 yil;

- kreditning birinchi 5 yilida boshlang‘ich 7 foiz stavkasidan (banklarning 2 foiz marjasini hisobga olgan holda) qayta moliyalashtirish stavkasiga yetgungacha har yili bosqichma-bosqich proporsional oshirib boriladigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech