21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,3 °C

Tashvishli xabar
3 May  2019 3951

«Chor-Chinor» chinorlarini kesishni to‘xtating!

Bu oddiy gap emas, balki yordam so‘ralgan hayqiriq. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga tanqidlar bildira boshlashdi.

Dmitriy Kostyushkin surati.

Hududni obodonlashtirish qachon vandalizm (madaniy yodgorliklarni vahshiylarcha vayron, oyoqosti qilish, yo‘qotish)ga aylandi? Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Jamoatchilik kengashi a’zolari kelib tushgan axborotni joyiga borib tekshirdi. To‘g‘ri ekan. Qurilish texnikalari tom ma’noda butun O‘zbekistonga mashhur qadimiy qadamjoni vayron qilmoqda. Bu yerda go‘yoki yodgorlikni rekonstruksiya qilish ishlari ketmoqda ekan. Chashmani beton plita bilan yopib qo‘yishgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Jamoatchilik kengashi «Pravda Vostoka»ga deputatlik rasmiy talabini jo‘natishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

– Asrlar davomida sajdagoh bo‘lgan, g‘aroyib tarixiy «Chor-Chinor» ob’ektini buzishmoqda. Yoshi asrlarga teng chinorlar kesilgan, – deydi Kengash vakili Tohir Soliyev. – Bu nima, manqurt (tarixiy yodgorligini, ma’naviy qadriyatlari va yo‘lini yo‘qotgan, xalq bilan orasi uzilgan odam)lar davrimi? – so‘raydi u.

Mutaxassislarning ruxsati bilan mas’ul xodimlarga yo‘llangan xat matnini e’lon qilmoqdamiz.

O‘zbekiston Respublikasi
Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi raisi v.v.b.
A.U. Akkulovga

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
B.S. Sayfullaevga

Muhtaram Abdulaziz O‘rolboyevich va Baxtiyor Sayfullayevich!

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi o‘z hurmatini izhor etib,  sizlardan «Chor-Chinor» (Samarqand viloyati Urgut shahri)dagi asrlik chinorlar kesilishi holati bo‘yicha zudlikdagi aralashuvingizni va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rishingizni so‘raydi.

2019-yilning 30-aprel kuni «Chor-Chinor» majmuasi hududida mehmonxonani rekonstruksiya qilish va qurilish boshlanishi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Bugun biz rekonstruksiya ishlari vayron qilishga aylanib ketgani, bir nechta yoshi asrlarga teng chinorlar kesilgani, chashmaga beton plita qo‘yilgani, ushbu e’zozlanadigan hamda tarixiy joy oyoqosti qilingani va buzilgani to‘g‘risidagi ma’lumotga egamiz. Investorlarga g‘amxo‘rlik bilan asoslangan va asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bunyod etilgan narsalar bugun Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligining ko‘ra-bila turib bunga yo‘l qo‘yishi natijasida buzilmoqda.

Ko‘z o‘ngimizda chinakamiga ajoyib joy o‘z ma’nosini yo‘qotdi.

Shu munosabat bilan sizlardan o‘z vakolatlaringizdan foydalanib asrlik chinorlarni kesishni, vayronkor rekonstruksiya ishlarini to‘xtatish, ajdodlarimizning ma’naviy va tarixiy merosini buzishdagi aybdorlarni javobgarlikka tortish, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatda qo‘llanilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etishingizni so‘raymiz.

Jamoatchilik kengashi sizlarga o‘zining hurmatini e’tirof qilgan holda tarixiy merosni saqlab qolishda yuksak ishonch bidiradi va oldindan minnatdorlik izhor etadi. 

Hurmat ila,

Jamoatchilik kengashi raisi

T.N.Soliev.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech