14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

investitsiyalar
1 Noyabr  2019 616

O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi

Bugun “B2B” formatidagi O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.

Tadbirda Xitoyning avtomatlashtirish tizimlari, elektr va energetika texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, mexanik va elektrotexnika, aerokosmik, neft-kimyo va avtomobilsozlik kabi sohalarda faoliyat yuritadigan 20 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdilar.

Forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida "V2V" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, ularda O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston va Xitoy korxonalari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Muzokaralarda mamlakatimizning 100 ga yaqin tadbirkorlik sub'ekti ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston-Xitoy savdo assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.

O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 1016 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 116 tasi 100% Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalardir.

So‘ngi yillarda mamlakatimizdan Xitoyga tabiiy gaz, to‘qimachilik mahsulotlari va etilen polimer yetkazib berish hajmi oshdi. Jumladan, shirin gilos, quritilgan mevalar, gilam kabi maxsulotlarni o‘z ichiga olgan yangi turdagi tovarlar eksporti yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2018 yilning o‘zida Xitoyga shirin gilosning eksporti 500 tonnadan oshdi, yashil loviyasi 23,281 ming tonna, 26 tonna uzum urug‘i, 10580 ming tonna mayiz tashkil etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech