22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,8 °C

Mamlakatimizda
1 Iyul  2019 2473

Qo‘qonda yangi o‘quv poligoni ochildi

“Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK hududida tashkil etilgan “O‘quv mashg‘ulot markazi” uzel rahbariyati va yetakchi mutaxassislar ishtirokida qisqa muddatda puxta va sifatli ishlab chiqildi.

Loyiha asosida 4000 kvadrat metr hududda tarmoqning barcha yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgan o‘quv poligoni xalqaro talablarga javob beradigan ko‘rinishda bunyod etildi, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

– Ushbu markaz nafaqat sohaga endi qadam qo‘ygan yosh mutaxassislar bilim ko‘nikmaklarini oshirishga, balki uzoq yillik tajribaga ega xodimlarimizni ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tajribasini boyitib borishiga, ish jarayoni qonun-qoidalari haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishida katta samara berishi shubhasiz, – deydi Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Muxsinjon Mamasidiqov. – O‘quv poligonida tashishlarni tashkil etish, vagon xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi, signallashtirish va aloqa, elektr ta'minoti, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan oshirib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.               
Temir yo‘l transportida asosiy yo‘nalishlar va harakat xavfsizligini ta'minlashga aloqador barcha soha qamrab olingan o‘quv poligonida tashishlarni tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha stantsiya navbatchisi xonasi qurilib, poligondagi stantsiya yo‘llari, svetoforlar va strelkali o‘tkazgichlarga ulangan pult-tablo o‘rnatildi. Vagon xo‘jaligi bo‘yicha o‘quv poligoniga vagon o‘rnatilib, zaruriy ehtiyot qismlar bilan ta'minlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech