16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

IT-xabarlar
23 May  2019 1177

O‘quvchilarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlashda yangi tizim joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi “Umumta'lim maktab o‘quvchilarining ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha barqaror kompyuterlashtirilgan baholash tizimini joriy etish loyihasi”ni amalga oshirmoqda, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Xalq ta'limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi ushbu loyihaning asosiy ijrochisidir.

Loyiha ta'lim jarayonining har bir bosqichida o‘quvchilarning ingliz tilini bilish darajasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib:

- xalq ta'limi muassasalari o‘quv jarayonida yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;

- rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda o‘quvchilarning ingliz tilini o‘zlashtirish darajasini kuzatib borish va imtihon jarayoni uchun kompyuterlashtirilgan test tizimini yaratish va joriy etish;

- chet tillarini o‘rganish uchun bosqichma-bosqich milliy standartlarni yaratish: A1, A2 va B1 darajalariga mos standart va talablarni takomillashtirish;

- o‘quv jarayonining sifat va mazmunini monitoring hamda tahlil qilib borish uchun elektron ma'lumotlar bazasini yaratish, umuman olganda, xalq ta'limi muassasalarida o‘quvchilarning tahsili davomida ta'lim mazmunini puxta egallab borishlarini nazorat qilish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi.

Loyihani xalqaro tajriba asosida amalga oshirish maqsadida AQShlik Professor Devid L.Kiessa jalb etildi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech