16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Kеyingi avlod
26 Sentyabr  2019 532

O‘quv jarayonlari bevosita ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan “O‘zagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati bilan hamkorlikda yangi tashabbus amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qiladi.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi” zavodida to‘rtta oliy ta'lim muassasasining tegishli kafedralari filiallari tashkil etildi.

Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent davlat texnika, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetlari hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutlarining kafedralari filiallari tashkil etildi.

Bu yerda talabalar uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun xonalar ajratilib, doska, kompyuterlar, videoproektor, ko‘rgazma materiallar va jihozlar, nazorat-o‘lchov asboblari va boshqa zarur o‘quv vositalari bilan jihozlandi. 2019-2020-o‘quv yilida o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni grafigi tasdiqlandi hamda filialda darslar boshlab yuborildi.

Hozirda vazirlik tomonidan kadrlar tayyorlashda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida   yurtimizdagi boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar va xususiy biznes vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech