17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Xavfsizlik
9 Iyun  2019 320

“Oqtepa lavash” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

4-7-iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqarolar “ovqatdan toksikoinfeksiya” tashxisi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 21-uyda joylashgan “Oqtepa lavash” (“Grand Azia Plus” MChJ) umumovqatlanish tarmog‘ining uchta shahobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni (“sendvich”, “lavash” va “pitssa”) iste'mol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019-yilda Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech