17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Mamlakatimizda
19 Aprel  2019 1277

O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hukumat qarori loyihasi regulation.gov.uz saytiga muhokamaga qo‘yildi. https://regulation.gov.uz/uz/document/3160

Qaror loyihasiga ko‘ra, birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida yig‘im undirilishi haqidagi band saqlanib qolindi. Mazkur yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hisobiga yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, ikkinchi malaka toifali hamda ushbu malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undirilishi haqida qo‘shimcha kiritilmoqda.

Ikkinchi malaka toifali hamda mazkur malaka toifasiga da'vogar pedagog kadrlar uchun test materiallari mazmunini shakllantirish, attestatsiya jarayonlarini tashkil etish Xalq ta'limi vazirligiga yuklatilgan.

O‘rnatilayotgan yig‘im Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Xalq ta'limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Shuningdek, attestatsiya uchun zarur bo‘ladigan nazorat-sinov materiallarini shakllantirish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash hamda ushbu jarayonga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va jalb etilgan mutaxassislar mehnati uchun sarflanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech