26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Xavfsizlik
29 May  2019 729

O‘qishga pul bilan kirituvchilarning navbatdagisi qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Texnologiya va servis xizmati” kafedrasi o‘qituvchisi R.A. va Zangiota tumanidagi 39-sonli maktab o‘qituvchisi M.R. pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ular fuqaro A.U.dan jiyani J.T.ni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7.000 AQSh dollarini talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.A. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech