18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,9 °C

Mamlakatimizda
11 Iyun  2019 1262

35 nafar pasporti yo‘q shaxslarga pensiya tarqatib kelingan

Joriy yilning may oyida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida turib pensiya va nafaqa olayotgan, yoshi 90 dan oshgan fuqarolarga to‘lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.

Monitoringda bir qator salbiy holatlar aniqlandi.

Jumladan:

- 9 nafar shaxsga sobiq ittifoq (SSSR) pasporti bilan pensiya to‘lovlari amalga oshirib kelingan.

- 35 nafar shaxsning fuqarolik pasporti yo‘q;

- 2 nafar fuqaroning pasportini amal qilish muddati o‘tganlik holatlari aniqlandi.

Hozirgi kunda monitoring ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech