08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4 °C

Xavfsizlik
27 Dekabr  2018 1372

Qonunbuzardan 753 million so‘mlik zarar naqd pul shaklida undirildi

Kuni kecha Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va bojxona statistikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan yirik qonunbuzarlik holati fosh etildi, deya xabar beradi qo‘mita axborot xizmati.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zosi bo‘lgan “Yasmin new tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini o‘rganish davomida, ushbu tashkilot 43,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, jami 95,5 tonna “tekstil mato” tovarlarini yurtimizga olib kelganligi va unga bojxona to‘lovlaridan jami 753 million  so‘m imtiyoz qo‘llanilganligi aniqlandi. Ammo shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, xo‘sh ushbu tashkilot davlatimiz tomonidan berilgan ushbu imtiyozlardan maqsadli foydalanib, o‘z ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirdimi? 

Mazkur tashkilotga bojxona to‘lovlaridan qo‘llanilgan maqsadli imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligi bojxonachilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, korxonada ishlab chiqarish mavjud emasligi aniqlandi va mas’uliyati cheklangan jamiyatning noqonuniy xatti-harakatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Ushbu tashkilotga aloqador shaxslardan esa davlat byudjetiga yetkazilgan 753 million so‘mlik zarar naqd pul shaklida to‘liq undirib olindi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech