16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Xavfsizlik
18 Sentyabr  2019 692

Paxtachida o‘zboshimchalik bilan oltin qazimoqchi bo‘lgan ikki kishi vafot etdi

17-sentabr kuni soat taxminan 18:30 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida oltin qazib olishga borgan 3 nafar fuqaroni tosh bosib qolishi natijasida ikki nafari vafot etdi, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: цензор.нет

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu fuqarolar davlat zaxirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borgan. Natijada tog‘ jinslari o‘prilib tushib, ularni tog‘ toshi bosib qolgan. Ikki nafar fuqaro voqyea joyida vafot etgan, 1 nafari esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech