20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Xavfsizlik
19 Avgust  2019 381

Olmazordagi qog‘oz sexida yong‘in sodir bo‘ldi

18-avgust kuni soat 16:48 da Toshkent shahar Olmazor tumani Shiroq ko‘chasi 104-uyda joylashgan “Teleatlas” xususiy korxonasiga qarashli qog‘oz mahsulotlarini qayta ishlash sexida yong‘in sodir bo‘ladi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalar jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar soat 16:55da yetib borgan, yong‘in soat 17:02 da o‘rab olinib, 19:25 da bartaraf etilgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 800 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sex omborxonasida qog‘oz chiqindilari 90 kv.metr maydonda yongan. Yong‘inni taxminiy sababi ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech