24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Urbanizatsiya
1 Fevral  2019 1865

Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi

Hukumatning tegishli qarorlari bilan Olmaliq, Chirchiq shaharlarining 2035-yilgacha, Angren shahrining 2032-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejalari tasdiqlandi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorlarga muvofiq, Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi.

Shahar yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr, gaz, issiqlik ta'minoti modernizatsiya qilinadi.

Hududlarning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi maydonlar, xiyobonlar va bog‘lar rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi.

Shaharlarning atrof-muhitini muhofaza qilish tizimi ishlab chiqiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech