11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Mamlakatimizda
19 Iyun  2019 2614

Oliy ta'lim muassasalari sirtqi va kechki ta'lim shaklida o‘qitishni tashkil etish huquqiga ega bo‘ldi

Prezident qaroriga  muvofiq 2019/2020-o‘quv yilidan oliy ta'lim muassasalariga qabul quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

- oliy ma'lumotli kadrlarga talab yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun davlat buyurtmasi asosida;

- belgilangan bakalavriat yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida.

Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilidan:

- nogironlarga qabul kvotasiga qo‘shimcha 2 foizli grant asosida kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta'lim shakllaridan birida ta'lim olish huquqi berildi;

- kontrakt asosida o‘qiyotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontraktni stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi berildi;

- sirtqi va kechki ta'limning to‘lov-kontrakt summasi tegishli bakalavriatning kunduzgi shakli uchun belgilangan to‘lov-kontrakt qiymatidan ko‘p bo‘lmaydi;

- turdosh bakalavriat negizidagi magistraturadan tashqari boshqa magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat berildi;

- rektorlarga chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilash huquqi berildi.

Endilikda oliy ta'lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlariga mos doirada tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta'lim shaklida o‘qitishni tashkil etish huquqiga ega bo‘ldi.

Mazkur ta'lim shakliga qabul tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lganlar hisobidan keyinchalik besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan yo‘nalishlarga suhbat asosida amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech