26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Bilasizmi?
11 Aprel  2019 1204

Olimlar qora tuynuk  suratini namoyish etishdi

Olimlar insoniyat tarixida birinchi marta qora tuynuk «soya»si suratini taqdim etishdi.

 

Bunda gap  yerdan taxminan 53,5 million yorug‘lik yili masofasidagi M87 galaktikasida joylashgan ob'ekt haqida bormoqda. Tasvir esa butun dunyo bo‘ylab, jumladan, AQSh, Meksika, Chili, Ispaniya va Fransiyadagi sakkizta radioteleskoplarni birlashtirgan Event Horizon Telescope («Hodisalar ufqlari teleskopi») loyihasi doirasida olingan. Kuzatuvlar 2017-yilda o‘tkazilgan, biroq olingan ma'lumotlarga ishlov berishga ikki yil vaqt ketdi.

Yevropaning tadqiqotlar, innovatsiyalar va fan bo‘yicha komissari Karlush Moedash: «Bu 100 yildan sal ko‘proq vaqt muqaddam, ya’ni 1915-yilda, uni dunyoda faqat birgina kishi – Albert Eynshteyngina tasavvur qila olgan narsaning isbotidir. Bu ulkan massa fazo geometriyasini buzib ko‘rsatishi haqidagi fikrdir... Agar ana shu massa juda-juda katta bo‘lsa u hech nima ortiga qaytmaydigan sirli qora tuynukka aylanadi va barcha narsalarni yutib yuboradi. Endi fan tarixi ham qora tuynuk tasvirigacha va undan keyinga bo‘linadi», deydi.

Olimlarning tasdiqlashicha, juda ulkan, Quyoshnikidan 6,5 milliard marta katta massaga ega qora tuynuk mavjudligini tasdiqlovchi dalil qo‘lga kiritilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech