18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -4,8 °C

Bilasizmi?
21 Yanvar  2019 1949

Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»!

Zamonaviy texnologiyalar, xususan, robototexnika insoniyatni yangi-yangi yutuqlar sari boshlamoqda. Tarixshunoslik, arxeologiya, biologiya kabi fan sohalarida erishilgan ulkan tajribalar buning yaqqol misoldir.

 

Yaqinda biolog-evolyusionist Jon Nyakatura (John Nyakatura) hamda robototexnika bo‘yicha mutaxassis Kamilo Melo (Kamilo Melo) bundan 300 million yil avval qirilib ketgan sudralib yuruvchining robotini yaratishdi, deb xabar tarqatdi terabayt.uz sayti.

Unda yozilishicha, Orabates pabsti deb nomlanuvchi ushbu jonivorning skeleti 3D-printerda chop etib terilgan va robotlashtirilgan mexanizm bilan birlashtirilgan. Hosil bo‘lgan robotga OroBOT deb nom berishgan. Qirilib ketgan sudralib yuruvchining saqlanib qolgan izlariga qarab, bu robotga xuddi originalidek yurishni o‘rgatishgan.

Shu tariqa, zamonaviy texnologiyalar yordamida robotlashtirilgan skeletlarning yaratilishi qirilib ketgan jonivorlarni yanada puxta o‘rganishga xizmat qiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech