22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,4 °C

Sport
10 Iyun  2019 625

Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasining yana bir litsenziyasi uchun dadil qadam tashladi

Veloshossening guruh poygasi bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya boshqa yo‘nalishlardagi litsenzion musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishmoqda.

Xususan, sportchimiz Italiyada o‘tkazilgan velotrek bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

50 aylanadan iborat guruh poygasi dasturida Zabelinskaya barcha raqibalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Poygada ikkinchi o‘rin ukrainalik Yuliya Beryukovaga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 4 karra Olimpiada chempioni britaniyalik Laura Kenni yaknulab berdi.

Ushbu musobaqa Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadi. Bu g‘alabadan keyin Zabelinskaya hisobiga 200 reyting ochkosi qo‘shilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech