17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Sport
27 Aprel  2019 873

Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Bugun Toshkentda davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar 112.8 kilometr masofaga kechgan poygada o‘zaro bahs olib borishdi.

Mazkur yo‘nalish g‘olibga qit'a chempoinligi bilan birga Tokio Olimpiadasining ham yo‘llanmasini berishi ko‘pchilikning diqqat-e'tiborini tortdi. Quvonarlisi, poyga hamyurtimiz Olga Zabelinskayaning g‘alabasi bilan yakunlandi va shu bilan birga terma jamoamiz a'zosi Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Yurtdoshimiz masofani 3 soat, 9 daqiqayu 5 soniyada bosib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech