16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Mamlakatimizda
20 Sentyabr  2019 684

OKMK: Tomdiliklarga boqiy tuhfa

Prezidentimizning Navoiy viloyatidagi qozoq qardoshlarimiz istiqomat qilayotgan Tomdi tumanida Axborot resurs markazini tashkil etish topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati qozoq tilidagi kitoblarni chop ettirish uchun Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi bosmaxona va ijodkorlar bilan samarali hamkorlik olib bordi.

 

 

Pirovardida, qozoq xalqining mashhur va sevimli ijodkorlari Abay, Muxtor Avezov, Ezilxan Nurshaixov, Qabdesh Jumadilov, Turdioqin Jeksenboyev, Berdibek Soqpaqbayev kabi yozuvchi va shoirlarning durdona asarlari, shuningdek, 8675ta maqol va matalni o‘z ichiga jamlagan “Qozoq maqol va matallarining “OLTIN KITOBI” kabi qozoq tilidagi eng sara va betakror asarlar chop etilib, olib kelindi. Shu bilan birga E.Seton-Tomson, Lev Tolstoy, Gogol, A.Chexov, Rashod Nuri Guntekin kabi dunyo adabiyoti hamda Cho‘lpon, Oybek, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Tohir Malik, Muhammad Yusuf kabi o‘zbek adabiyoti darg‘alarining shoh asarlari, 12 tomlik O‘zbekiston ensiklopediyasi ham tomdiliklar kutubxonasini boyitadigan bo‘ldi. Kombinat rahbariyati tomdilik bolalar uchun o‘zbek, rus, ingliz tillarida darsliklar, qo‘llanmalar, bolalar adabiyotlarini ham tuhfa etdi.

Darhaqiqat, kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb biladi va eng yaqinlariga ana shu mo‘jizakor kitobni tuhfa etadi.

Dunyoda sovg‘alar ko‘p va turfa. Ammo hech qachon o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydigan, hyech qachon eskirmaydigan va doim aziz etiluvchi birgina sovg‘a bor, bu ham bo‘lsa – KITOB.

Bugun ushbu mo‘jizalar ortilgan avtomashina Tomdiga yo‘l oladi.

Tomdiliklarga boqiy tuhfa – Kitoblar muborak!

OKMK Axborot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech