26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,9 °C

Sport
4 Aprel  2019 1161

Odil Ahmedov: «Rossiya chempionatidan taklif tushsa, muhokamaga tayyorman»

Rossiyaning «Anji» va «Krasnodar» futbol klublarining sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov o‘zining «Shanxay SIPG» klubiga o‘tganiga izoh berdi va Rossiya chempionatidan taklif tushsa, muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi.

 

– Gapni Xitoyda juda yaxshi kutib olishganidan boshlay qolay. Bu yerda menga har tomonlama qulay bo‘lishi uchun klubda rosa harakat qilishgan. Shunga qaramasdan mentalitet va tillardagi farq juda seziladi. Aytish mumkinki, endi-endi bu mamlakatga o‘rgana boshlayapman

Rossiya chempionatini sog‘inamanmi? Albatta. Rossiya klublarida hayotimning yorqin olti yilini o‘tkazganman.  Futboldagi faoliyatimning ana shu davri hamisha xotiramda qoladi. Rossiya klublari mening yevrokuboklarda o‘ynash orzuimni amalga oshirgan. Futbolsevarlar ham shundoq yoningda turib, seni quvvatlashadi. Bu xotiralar men uchun qimmatli. RPLdan taklif tushsa, muhokama qilishga tayyorman. Rossiya chempionatini juda yuqori baholayman, – deydi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmedov 2011-yildan «Anji» tarkibida o‘ynagan bo‘lsa, 2014-yildan «Krasnodar» klubida to‘p surgan. 2017-yilda o‘zbek futbolchisi Xitoyning «Shanxay SIPG» klubiga o‘tgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech