23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24 °C

Xavfsizlik
21 May  2019 694

Obunadan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Matbuot tarqatuvchi” AK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tekshirishda “Matbuot tarqatuvchi” AK Xorazm viloyati sho‘ba korxonasi direktori O.K. 2017-2018 yillarda obunachilar tomonidan to‘langan 1,3 mlrd. so‘m pul mablag‘laridan 562,3 mln. so‘mini o‘g‘li A.K. va qarindoshi S.Sh.ga qarashli “U.Z.” MChJga o‘tkazib talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu pul mablag‘lari evaziga “Kaptiva”, “Lasetti”, “Neksiya” rusumli avtomashinalarni hamda sho‘ba korxona negizida tashkil etilgan Hazorasp bosmaxonasi balansida bo‘lgan haqiqiy bahosi 750 mln. so‘mlik bino va inshootlarni 16,7 mln. so‘mga sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zarardan 562 mln. so‘mi undirilishi ta'minlangan.

Xuddi shunday, “Matbuot tarqatuvchi” AK Xonqa filiali rahbari M.R. ham 2018 yilda obunachilar tomonidan to‘langan 365,5 mln. so‘m pul mablag‘laridan 214,0 mln. so‘mini qarindoshi Sh.A.ga tegishli bo‘lgan “A.S.” XKga o‘tkazib talon-toroj qilib, ushbu pul mablag‘lari evaziga Urganch shahridan turmush o‘rtog‘i A.A. nomiga uy sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O.K. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech