10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Madaniyat
25 Sentyabr  2019 3284

Termizda baxshichilik maktab-internati tashkil etildi

Respublika baxshichilik san'ati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik san'atini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar qiladi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Termiz shahridagi 21-son baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi.

Maktab-internatga qabul 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi.

Shuningdek, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida baxshichilik va dostonchilik ta'limi yo‘nalishi tashkil etiladi.

Qaror bilan, Baxshichilik san'atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri baxshichilik san'atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, baxshi-shoir,oqinlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech