24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Bilasizmi?
4 Iyul  2019 387

OAV: AQSh olimlari Oyning batafsil xaritasini tuzdilar

Amerikalik olimlar oyning batafsil, jumladan, uning qorong‘i tomoni xaritasini tuzdilar. Bu haqda chorshanba kuni Grinbelt (Merilend shtati)dagi Goddard nomidagi kosmik parvozlar markazi direktori o‘rinbosari Mishel Tallerga asoslangan «Washington Times» gazetasi shunday xabarni tarqatdi.

Uning guvohlik berishicha, yer tabiiy yo‘ldoshi sirtining batafsil tasviri «Oy orbital razvedkachisi» («Lunar Reconnaissance Orbiter, LRO») tomonidan uzatilgan ma'lumotlar asosida yaratilgan. Ushbu Amerika zondi 2009-yilning iyun oyida Oyga uchirilgandi. Uning bortiga oddiy va ultrabinafsha ko‘rinishli diapazonlarda suratga oladigan kameralar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, ushbu Amerika avtomat apparatiga Rossiya fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Kosmik gamma-spektroskopiyasi laboratoriyasida yaratilgan qurilmalar joylashtirilgan. Bu yerda gap LeND, XeND va DAN neytron detektorlari haqida bormoqda. «Oy orbital razvedkachisi»ning ikki yil ishlashi rejalashtirilgandi, ammo u hali ham ishlayapti.

«Biz endi u yer (Oy)ning deyarli har bir tepaligi, toshi va yorig‘ini bilamiz», deya Tallerning so‘zlarini keltiradi gazeta.

Gazetada keltirilishicha, bunday ma'lumotlarning qo‘lga kiritilishi, avvalo, insonning rejalashtirilgan parvozi uchun Oydagi eng maqbul joylar, shuningdek, avtomatik ravishda tushirladigan modullarni qo‘ndirish mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlash imkonini bergan. Taller ishlaydigan markaz AQSh Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) tarkibiga kiradi va Vashington yaqinida joylashgan.

Taller Amerika qo‘shma shtatlarining 1969-yil iyulida «Apollo 11» ekspeditsiyasi doirasida Oyga birinchi inson qo‘ngan davrda olimlar bunday ma'lumotlarga ega bo‘lmaganini ta'kidlagan. Ekspeditsiya komandiri Nil Armstrong va yana ikki ekipaj a'zosi — Bazz Oldrin va Maykl Kollinzlar bunga muvaffaq bo‘lishgan. 1969-yilning 20-iyulida Armstrong va Oldrinlar «Eagle» modulida Oyga qo‘nishgan. Kollinz esa Oy yaqini orbitasidagi «Columbia» asosiy boshqaruv modulida qolgan.

NASAda hozir 2024-yilda astronavtlarni Oyga, 2030-yilning o‘rtalarida esa Marsga yetkazadigan yangi boshqariladigan Amerika kosmik kemasi va uning tashuvchisi borasida izlanishlar olib borilmoqda.

«Oy tom ma'noda tepamizda osilib turibdi. U Quyosh tizimi tarixini o‘zida saqlaydi. Yangi ekspeditsiya (Oyga) inqilobiy bo‘lmasligi ham mumkin emas», deydi Taller.

Uning nuqtai nazariga ko‘ra, Oy ustidan olib borilgan o‘nlab yillar davomidagi tadqiqotlar natijasida mutaxassislar endi-endi ushbu samoviy jism haqida aniq tushunchalarga ega bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech