19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Hukumat
15 Aprel  2019 1801
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan muhim hujjatlar imzolandi

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqoti samimiy va amaliy ruhda o‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nga yaqin hujjat imzolandi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonotni qabul qildilar. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum  va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Qozog‘iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum qabul qilindi. 

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifingda davlat rahbarlari muzokaralar qardoshlik munosabatlariga xos anglashuv va samimiyat ruhida o‘tganini, hamkorlikning barcha jihatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishilganini ta’kidladilar. Ushbu davlat tashrifi mamlakatlarimizning strategik sheriklikni mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga intilishi qat’iy ekanini ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech