21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Agrosеktor
9 Noyabr  2019 1483

Nukusda Veterinariya texnikumi tashkil etildi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (07.11.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Chorvachilikni rivojlantirishdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, chorvachilik sohasiga aholini keng jalb qilish, ularning chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish Komissiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, Filial bakalavriatiga 2020/21-2022/23 o‘quv yillarida qabul parametrlarini shakllantirishda Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot tumanlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan ushbu tumanlar bo‘yicha davlat granti asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech