14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Xavfsizlik
15 Oktyabr  2019 874

Noodatiy holat, bojxonadan maymun bolasini olib o‘tmoqchi bo‘lishdi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noodatiy bojxona qonunbuzilish holati o‘z vaqtida fosh etildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbir davomida, Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi davlatimiz chegaralari yaqinida turgan “Spark” rusumli avtomashina bojxonachilar e'tiborini tortgan va avtoulov hamda uning ichida o‘tirgan fuqarolar F.U. va J.S.lar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazilgan.

Natijada, avtomashina salonida noyob orangutan turiga mansub maymun bolasi borligi ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, fuqaro U.F. bojxonachilarni payqashi bilanoq uddaburonlik bilan mashina yoniga uloqtirgan tamaki qutisi ham tekshirilgan.

Tekshiruv jarayonida tamaki qutisida 0,36 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Fuqaro J.S.ga tegishli sumkada esa 4 dona turli dori vositalari borligi ham ma'lum bo‘ldi.

Qonunbuzardan olingan maymun bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech