22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,8 °C

Ijtimoiy hayot
8 May  2019 943

Nogironligi bo‘lgan va kam ta’minlangan fuqarolarga yangi uylar topshirildi

Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirildi.

Aytish joizki, 2017-2018-yillarda viloyatda 428 nafar nogironligi bo‘lgan kam ta'minlangan fuqaroni imtiyozli uy-joy bilan ta'minlash, yashab turgan uylarini ta'mirlab berish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish reja dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, 2017-2018-yillar davomida 122 nafar fuqaroning uy-joy olishi uchun boshlang‘ich to‘lov mablag‘lari to‘lab berilgan. 132 nafar o‘ta og‘ir turmush sharoitidagi nogironlarga bepul moslashtirilgan uylar qurib topshirilgan. 121 nafarining yashash uy-joylari ta'mirlangan. 15 nafariga esa o‘zlari yashab turgan yer uchastkalaridan uy-joy qurib berilgan. 38 nafariga mahalliy hokimliklar tomonidan arzon uy-joylar ajratilgan.

Joriy yilda ham bu kabi ishlar davom ettirilib, shahar va tuman uy-joy komissiyalari tomonidan 285 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ularning arzon uy-joy olishi uchun boshlang‘ich badal to‘lovlarini to‘lab berish bo‘yicha reja dastur ishlab chiqilgan.

Tadbir doirasida yangi xonadonlarga ega bo‘lgan fuqarolar ishlab, mehnat qilishlari uchun tikuvchilik va mebel sexi faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Endilikda ular mana shu sexlarda ishlab, oilasi farovonligini ta'minlaydi.

Tashkilotchilar tomonidan uyga ega bo‘lgan oilalarning 35 nafar farzandiga o‘quv-qurollari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech