26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Ijtimoiy hayot
19 Mart  2019 1291

Nogiron farzandini parvarishlash natijasida yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan onalarga nafaqa to‘lanadi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (229-son, 18.03.2019 y.), deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda tegishli ish stajiga ega bo‘lmagan bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.

Mazkur nafaqa bolaning nogironligi to‘g‘risida Tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi yoki ma'lumotnomasi asosida tayinlanadi.

Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlarga, yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular haq to‘lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega bo‘lishi munosabati bilan nafaqa to‘lash to‘xtatilar edi.

Qaror bilan mazkur tartib bekor qilindi, ya'ni nafaqa oluvchi boshqa daromad keltiradigan ish bilan shug‘ullanishi yoki shug‘ullanmasligidan qat'iy nazar nafaqa to‘lash davom ettiriladi.

Shuningdek qarorga ko‘ra, endilikda quyidagi tovarlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi:

  • aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan paxta moyi;
  • shulxa va paxta chigiti shroti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech