26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Mamlakatimizda
16 May  2019 599

Navoiy viloyati 2030-yilgacha erkin iqtisodiy zona sifatida belgilandi

Prezident Farmoni (PF–5719, 15.05.2019 y.) bilan Navoiy viloyati 2030-yil 1-yanvargacha innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qimmatbaho toshlar va metallarni qayta ishlash sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish Navoiy viloyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

“Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomini olgan Navoiy viloyatidagi korxonalar quyidagilardan ozod etiladi:

- yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq;

- o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan;

- respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan.

2019-yil 1-iyundan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ta'sischilariga respublikadan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan, 3 yil amal qiladigan “investitsiya vizasi” beriladi.

Shuningdek, Farmon bilan “Navoiy” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Chora-tadbirlar doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 67 mlrd 735 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech