19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,1 °C

Harbiy
26 Iyul  2019 751

Markaziy harbiy okrugining Navoiy garnizonida yangi harbiy qism qurilmoqda

Markaziy harbiy okrugi tasarrufidagi Navoiy garnizonida Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni xizmatchilari uchun yangi harbiy qism qurilmoqda, deb xabar beradi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.

Navoiy viloyati harbiy ma'muriy sektor bilan hamkorlikda 11 ta harbiy va ijtimoiy ob'ektlarda qayta ta'mirlanish ishlari amalga oshirilyapti. 5 ta bino esa yangidan qad rostlamoqda. Bundan tashqari, namunali saf maydoni, madaniyat markazi, sport shaharchasi, saylgoh hamda harbiy qism atrofida devor barpo etilmoqda.

Shuningdek, jangovar texnikalar harakatlanishi uchun 20 sm qalinlikdagi beton yo‘llar qurilyapti.

May oyida boshlangan bunyodkorlik ishlariga 6 mlyard so‘m mablag‘ sarflangan. Endi navoiylik yoshlar o‘zlari istiqomat qilayotgan shaharda 27 o‘quv kuni davomida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishadi.

Hozirda askarlar yotoqxonasi, o‘quv binosi hamda boshqaruv shtabida qurilish ishlari yakunlangani bois, SChR bataloni Kattaqo‘rg‘on shahridagi harbiy qismdan Navoiy viloyatiga ko‘chirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech