16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,5 °C

Madaniyat
9 Oktyabr  2019 571

Tarixda birinchi bor o‘zbek kinosi “Oskar” mukofotining sara filmlari ro‘yxatiga kiritildi

“Oskar” mukofotining”Eng yaxshi xorijiy film” toifasiga da'vogar filmlar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi. Bu yo‘nalishda 93 ta mamlakatdan, shu jumladan, 3 ta ilk bor qatnashayotgan mamlakatlardan – O‘zbekiston, Gana va Nigeriyadan ilk bor ariza tushgan. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar qiladi. 

Kinoakademiyaning tartib-qoidalariga ko‘ra, kartina 40 daqiqalik bo‘lib, AQSh hududidan tashqarida yaratilgan va qahramonlar suhbati ingliz tilida emas, boshqa tilda bo‘lishi talab etiladi. 

Avval bu yo‘nalish «Xorijiy tildagi eng yaxshi film», deb atalgan, ammo joriy yildan yangi nom bilan atala boshlagan.

Ma'lumot uchun: “O‘zbekkino” milliy agentligi “Oskar” mukofotiga Umid Hamdamovning “Issiq non” filmini tavsiya qilgan. Mazkur kinotasma XXVIII “Kinoshok” festivalining bosh sovriniga sazovor bo‘lgan.

Filmda bosh rollardan birini ijro etgan aktrisa Feruza Saidova eng yaxshi ayol roli uchun maxsus mukofotni qo‘lga kiritdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech