24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Agrosеktor
27 May  2019 808

Namangan gilosi Buyuk Britaniyada sotilmoqda

25-may kuni Namangan viloyatidan O‘zbekiston - Buyuk Britaniya savdo-iqtisodiy munosabatlari tarixida ilk bor yangi gilos partiyasi Londonga, xususan, G‘arbiy xalqaro bozor (Western International Market)ga yetkazib berildi.

Ta’kidlash joizki, Western International Market dunyoning turli mamlakatlaridan yangi meva-sabzavot mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan Londonning eng yirik ulgurji bozorlaridan biri hisoblanadi.

«Dunyo» AAga bergan intervyusida, Buyuk Britaniyaga o‘zbek gilosining birinchi partiyasini import qilgan ushbu mamlakatning «AKS Services Group» kompaniyasi bosh direktori Vais Kais shunday deydi:

– Bugun - tarixiy kun. Tarixda birinchi marta o‘zbek gilosini Britaniya bozoriga yetkazib berish amalga oshirildi. O‘zbekiston go‘zal mamlakat, bir necha oy oldin Buyuk Britaniya bozoriga o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini eskort qilish bo‘yicha ish boshlashga qaror qildik. Men O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlariga – Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani va Namangan viloyatiga tashrif buyurdim. Va ularning ulkan eksport salohiyatini ko‘rib, ushbu masala ustida ishlashga qaror qildim. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Karantin bo‘yicha davlat inspeksiyasi, «O‘zstandart» agentligi va O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi bu ishda bizga katta yordam ko‘rsatdi.

Biz buni tahlil qildik va mahsulotni Buyuk Britaniyaning import uchun tavsiya etilgan barcha sertifikatlash va standartlashtirish, sanitariya va fitosanitariya tekshiruvlaridan o‘tkazdik. Barcha test natijalari mukammal ta’m va kalibrlash, saralash va qadoqlash standartlariga muvofiqligini ko‘rsatdi.

Birinchi yetkazib berish sinov bo‘ldi va endi kelajakka ulkan rejalarimiz bor. O‘zbekistondan yetkazib beriladigan mahsulotlar miqdorini oshirish va nomlarini ko‘paytirmoqchimiz. Bunda anor, piyoz, bodring va turli xil quritilgan mevalarni eksport qilish bo‘yicha ham rejalar tuzilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech