14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,9 °C

Moliya
15 Avgust  2019 962

Wall streetda bir necha milliard zararni hisoblab chiqishdi

Dunyoning o‘nta eng boy odami boyliklari qariyb 18 milliard dollarga kamaydi.

Jeff Bezos 3,5 milliard dollar zarar ko‘rgan bo‘lsa, Mark Sukerbergda bu ko‘rsatkich 3,2 milliard bo‘ldi.

Kecha AQSh fond indekslari 3 foizga tushib ketdi. Dow Jones 2018-yil oktyabr oyidan beri 800,49 pog‘onani yo‘qotib, eng ko‘p pasayishni ko‘rsatdi, deya xabar beradi Reuters agentligi.

Nasdaq da bu ko‘rsatkich - 3,02 foiz, S&P 500 esa 2,93 foizni tashkil etdi.

Real-Time reytingida bozor ishtirokchilarining o‘rnini qanday o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg barqarorlik ko‘rsatib, Top-10 da qolgan.

AQSh bozoriga Germaniya va Xitoy iqtisodiyoti ta'sir ko‘rsatdi, deya xabar beradi CNN.

Wall street dagilar 5-avgustda kuzatilgan yana bir og‘ir kunni boshdan kechirdi. O‘shanda moliyaviy yo‘qotishlar miqdori 23 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech