13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

Voqea-hodisalar
20 Avgust  2019 789

Hindiston shimolida suv toshqinidan 58 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoliy shtatlarida suv toshqini va kuchli yomg‘ir yog‘ishi so‘nggi ikki kun ichida 58 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Uttarakhand shtatida 32 kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi bedarak yo‘qoldi, Himachal-Pradesh shtatida 26 mahalliy aholi halok bo‘ldi. Umuman, avgust oyi boshidan buyon Hindistonda suv toshqini oqibatida 300 kishi hayot bilan vidolashgan.

Yangi Dehlida Yamuna daryosi sathi juda yuqori ko‘trilgani aytilmoqda. O‘tgan kun mobaynida shaharning past va tekis hududlaridan 10 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilingan. TASS ma'lumotiga ko‘ra, ular vaqtinchalik turar joy lagerlariga joylashtirilgan.

Hindistonga kuchli jalalar quyishi oqibatida suv toshqinlari, ko‘plab ko‘chkilar, daryolarning o‘zanidan oshib ketishi, mahalliy suv omborlaridagi sathining o‘ta xafvli chiziqqacha ko‘tarilishi kuzatildi. Mamlakatning ko‘plab hududlarida transport aloqasi buzilgan. Binolarning qulashi va ko‘plab baxtsiz hodisalar haqida xabarlar kelib tushmoqda. Mutaxassislarning fikricha, hozirgi musson Hindiston uchun so‘nggi 10 yil ichida eng vayronakorlaridan biri hisoblanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech