10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Xavfsizlik
25 Dekabr  2018 1602

14 million so‘mlikdan ziyod pirotexnikа vositalari musodara qilindi

Har yili Yangi yil kechasi barcha tezkor xizmatlar kuchaytirilgan rejimda ishlaydi. Aholi hayoti va salomatligiga xavfni kamaytirish uchun ichki ishlar organlarining barcha tuzilmalari bayramdan ancha oldin pirotexnika vositalarini aniqlash va musodara qilish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Noyabr oyidan beri 940 ta reyd o‘tkazilib, pirotexnikadan foydalanish va sotish holatlari aniqlangan. Umumiy qiymati 14 million so‘m bo‘lgan 286 ming 838 dona ana shunday mahsulot musodara qilindi. IIBB matbuot xizmatining keltirishicha, aholini bundan ogoh qilish uchun mahallalar aholisi, ta’lim maskanlari o‘quvchilari, korxona va tashkilotlar xodimlari bilan jami 817 ta uchrashuvlar o‘tkazilgan.

JK 2501-moddasida pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda mamlakatimizga olib kirish yoki o‘tkazish yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilishiga nisbatan jinoiy jazo belgilangan.

O‘z axborotimiz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech