16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Mamlakatimizda
16 Sentyabr  2019 503

Na avtomobildan darak bor, na puldan umid bor...

“Avtolizing” xaqida eshitmagan ko‘rinasiz. Bugungi kunda iste'molchi va tadbirkor orasidagi muammo va mojarolarning aksariyat qismi aynan “avtolizing” tashkilotlarining xurmacha hunarlari sababli yuzaga kelmoqda, deya ma'lum qiladi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.

Federatsiyaga kelib tushgan navbatdagi ariza mazmuni ham yuqoridagi mavzuga aloqador. Anchadan buyon avtomobil xarid qilish niyatida pul jamg‘arib yurgan R.Axrorov ham qaerdandir 30% boshlang‘ich to‘lov evaziga 3 yil muddatga kredit asosida avtomashina beradigan MChJ xaqida eshitib qoladi. 27 iyul kuni Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi qahramonimiz Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan “Orient Avto Lizing” MChJ ga tashrif buyurdi va “Spark” avtomashinasi xarid qilish maqsadida 29.810.000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiradi.

Shartnomada belgilangan muddat yetib keldi-yu, mashinadan esa darak yo‘q. MChJ ga murojaat qilganida, biroz kutib turishini aytishdi. Kutib-kutib charchagan iste'molchi kunora MChJ ga borib keladigan bo‘ldi. Kundan kunga xaridorning xunobi, tadbirkorning bahonalari oshib boraverdi. Qoniqarsiz javoblarni eshitaverishdan charchagan R.Axrorov najot istab Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yozma murojaat qildi. Soha mutaxasislari tomonidan sinchkovlik bilan holat o‘rganilgach, muammo iste'molchi foydasiga hal etildi. R.Axrorov  29.810.000 so‘m to‘lagan pulini to‘liq  qaytarib oldi.!

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech