16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

Madaniyat
26 Aprel  2019 1632

Musiqa va san’at maktablarida ishlayotgan 8 ming pedagogning malakasi oshirilmagan

Hududlardagi bolalar musiqa va san’at maktablarida 4045 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis o‘qituvchilarga bo‘lgan talab aniqlandi.

Xususan, bu ko‘rsatkich, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 278 nafarni, Andijonda 360, Buxoroda 187, Jizzaxda 249, Qashqadaryoda 434, Navoiyda 177, Namanganda 285, Samarqandda 302, Sirdaryoda 322, Surxondaryoda 368, Toshkent viloyatida 434, Farg‘onada 165, Xorazmda 196, Toshkent shahrida 288 nafarni tashkil etmoqda.

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning ma'lum qilishicha, hududlardagi bolalar musiqa va san'at maktablarida o‘qituvchilarga bo‘lgan talabni aniqlash borasida kamida uch yil mehnat stajiga ega 5535 nafar mutaxassisning ro‘yxati hududlar kesimida shakllantirildi.

Shuningdek, bolalar musiqa va san'at maktablarida faoliyat yuritayotgan 8000 nafar pedagog kadrlarning malakasi oshirilmaganligi qayd etib o‘tilgan.

Ma'lumot uchun, musiqa va san'at maktablari 2008-yildan 2017-yilgacha Xalq ta'limi vazirligi tasarrufida bo‘lgan. 2017-yilda yana Madaniyat vazirligi timizimiga o‘tkazilgan. Bu yillar davomida umuman malaka oshirish tizimi bo‘lmaganligi aniqlangan va kamchiliklar ko‘rinib qolgan.

Kutubxonalar haqida yana bir muhim ma'lumot.

94 ta ko‘zi ojizlar kutubxonalari filiallarining o‘z binosiga ega emasligi hamda 7 ta ko‘zi ojizlar kutubxonalari filiallarining bino va xonalari avariya holatida ekani ma'lum qilingan. Joriy yilda 3 ta hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo) Ko‘zi ojizlar kutubxonalarining yangi binolarini qurish hamda avariya holatida joylashgan 5 ta hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2, Sirdaryo 1, Xorazm 1, Surxondaryo 1) Ko‘zi ojizlar kutubxonalarini boshqa binolarga ko‘chirish va ularning filiallariga xonalar ajratish belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo Ko‘zi ojizlar kutubxonalarining yangi binolarini qurish texnik-iqtisodiy hisob loyihalari ishlab chiqilib, loyiha-smeta hujjatlariga asosan qurilish va ta'mirlash ishlari 2019-yil 3 choragidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Xayrli ishlar samarasini esa vaqt ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech